Tinib-tinchimagan odamlar: "Lada" mashinasi haqiqiy robot-transformerga aylantirildi (video)

Texnologiya 20 May 2017 19779

Rossiyalik kaskad'or Gennadiy Kocherga o'g'li Sergey bilan Gollivudning "Transformerlar" filmidagi "Optimus Praym" nomli transformerni "Lada" avtomobili negizidagi variantini yaratdi. Rus transformeri Or'oldagi tr'uklar shousida taqdim qilindi.

Kocherga o'zi yaratgan robot-avtomobilga "Optimus Gennadevich Praymov" deb hazilomuz nom berdi. Transformer yurib ketayotganda avtomobildan robot ko'rinishga bir necha soniyalarda aylana oladi. Mashina hattoki ikkita pulem'ot bilan ham jihozlangan.

Kaskad'orning aytishicha, u transformerni yaratishda Singapurda sotib olgan o'yinchoq avtomobildan ilhom olgan. Aynan shundan keyin kaskad'or ushbu loyihani amalga oshira boshlagan. Kocherga xuddi shu g'oya asosida kamida yana ikkita transformer yaratmoqchi. 

Ko'proq yangiliklar: