07:48 / 20.05.2017
27425

Husiylar Tramp kelishi arafasida Saudiya Arabistoni poytaxti tomon raketa otdilar

Foto: © REUTERS/Faisal Al Nasser

Yaman hududida harakat qiluvchi husiylar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod tomon ballistik raketa otdilar, biroq saudiyalik harbiylar uni urib tushirishga muvaffaq bo‘lishgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligi xabar berishicha, urib tushirilgan Burkan-1 raketasining bo‘laklari Ar-Riyoddan janubdagi cho‘lga qulagan, aholi orasida qurbonlar bo‘lmagan.

Voqea Saudiya Arabistoniga AQSh prezidenti Donald Tramp kelishi arafasida yuz berdi. 

Avvalroq AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis husiylar Saudiya Arabistoni hududini Eronda ishlab chiqarilgan raketalar bilan o‘qqa tutayotganlarini ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid
Top