«Avaza» milliy sayyohlik zonasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida muzokaralar boshlandi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.
Maxsus marosimdan so‘ng, davlat rahbarlari «yakkama-yakka» shaklida muzokaralar o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston-Turkmaniston oliy darajadagi uchrashuvi kun tartibiga ikki qo‘shni davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari qo‘yilgan.
Shuningdek, prezidentlar mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalarini muhokama etishadi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari uchrashuvi yakuni bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.