14:30 / 21.05.2017
11202

Angliya premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi aniq bo‘ldi

«Chelsi» yarihimoyachisi N'Golo Kante Angliya Premer-ligasining 2016/2017 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

Kantedan tashqari sovrinni qo‘lga kiritish uchun Eden Azar, Sesar Aspilikueta (ikkalasi — «Chelsi»), Harri Keyn, Dele Alli, Yan Vertongen (barchasi — «Tottenhem»), Romelu Lukaku («Everton») va Aleksis Sanches («Arsenal») da'vogarlik qilgandi.

Foto: Twitter/@premierleague

26 yoshli fransuz futbolchisi ekspertlar guruhi, jamoa sardorlari va muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada eng ko‘p ovoz olib shunday sovrinni qo‘lga kiritdi.

Kante joriy mavsumda Angliya chempioni unvonini qo‘lga kiritdi, o‘tgan mavsumda esa u «Lester» bilan bu sovrinni qo‘lga kiritgan va shundan so‘ng «Chelsi» safiga borib qo‘shilgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kante Professional futbolchilar Assotsiatsiyasi (PFA) va Angliya sport jurnalistlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarda ham APLning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgandi.

Top