11:17 / 21.05.2017
8403

Yoqutistondagi shaharning toshqin ostida qolishi xavfi e'lon qilindi  

Foto: sakhaprass

Yoqutistondagi toshqinlar Srednekolimsk shahrining suv ostida qolishiga olib kelishi bilan xavf solmoqda. Bu haqda respublikaning aholi faoliyati xavfsizligini ta'minlash davlat qo‘mitasi raisi Yuriy Zaytsevga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda

Srednekolimsk yaqinidagi Kolima daryosida suv sathi bir kun ichida 5 metrga – 1137 sm gacha ko‘tarilgan. Xavfli balandlik 1200 sm ni tashkil qiladi.  

"Kolima daryosida katta tiqilish borligi va Srednekolimsk shahri suv ostida qolishi xavfi borligi qayd qilinmoqda. Ertalabdan 2 ta portlash ishi o‘tkazildi, biroq muzni yorishning iloji bo‘lmadi", deyildi xabarda.

Shuningdek, qor erishi bilan Berezovka daryosi sathi ham ko‘tarilmoqda.

"Berezovka qishlog‘i yaqinida suv sathi kritik balandlikdan oshgan, 36 ta uy suv ostida qolgan, 7 ta oila evakuatsiya qilingan. Suv sathi oshishda davom etmoqda. Voqea joyida aholini evakutsiya qilishga yordam berayotgan tezkor guruh ish olib bormoqda", deb ma'lum qildi Zaytsev. 

16 may kuni Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri Vladimir Puchkov bahorgi toshqinlar sababli Rossiyaning uchta sub'yektida favqulodda vaziyat tartibi kiritilganini ma'lum qilgandi.   

Mavzuga oid
Top