09:04 / 21.05.2017
65090

Video: Fazliddin G‘oibnazarov ikkinchi jangda ham g‘alaba qozondi

O‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarov 20 may kuni Nyu-York (AQSh)dagi Madison Square Garden arenasida «Krouford — Dias» shousi doirasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarining g‘olibi, 25 yoshli Fazliddin G‘oibnazarov (1−0−0, 1 nokaut) 26 yoshli amerikalik Agustin Maurasga (6−2−3, 3 nokaut) qarshi ringga ko‘tarildi. 

8 raund davom etgan bahsda o‘zbekistonlik bokschining qo‘li baland keldi. Hakamlar bir ovozdan uning g‘alabasini qayd etishdi.

Eslatib o‘tamiz, Fazliddin G‘oibnazarov aprel oyida bo‘lib o‘tgan ilk jangida amerikalik Viktor Vaskesni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.

Video: Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi ilk jangida raqibini nokaut qildi

Top