14:10 / 21.05.2017
21510

KXDR noma'lum turdagi raketani uchirdi

Foto: AP

Shimoliy Koreya yana bir obektni havoga uchirdi. Bu haqda «Yonhap» agentligi Janubiy Koreya Mudofaa vazirligidagi manbaga asoslangan holda xabar tarqatdi.

«Shimoliy Koreya navbatdagi raketasini uchirdi. Ayni vaqtda raketa modifikatsiyasi aniqlanmagan», — deyilgan Janubiy Koreya Birlashuv qo‘mitasi shtabida.

Taxmin qilinishicha, bu Pyongchang janubidagi Pukchang poligonidan uchirilgan navbatdagi ballistik raketa bo‘lishi mumkin.

Rasmiy Pyongchang oxirgi marta 14 may oqshomida raketa uchirgandi.

Shundan so‘ng KXDR rahbari Kim Chen In Shimoliy Koreya Osiyodagi yetakchi raketa derjavasiga aylanishi haqida aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid
Top