12:30 / 21.05.2017
11991

«Tolibon» Afg‘oniston janubida yana hujumlar uyushtirdi, qurbonlar ko‘p

Foto: AFP

«Tolibon» harakati Afg‘oniston janubidagi o‘tkazish-nazorat punktlarida politsiyachilarga bir qator hujumlar uyushtirdi va bu hujumlar oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda AFP xabar tarqatdi.

«Bugun tongda «Tolibon»ning yengil qurollangan va og‘ir qurolli jangarilari bir vaqtning o‘zida mamlakat janubida, Zobul viloyati Shohjoy okrugida nazorat-o‘tkazish punktlarida muvofiqlashtirilgan hujumlarni amalga oshirdi va kamida 20 politsiyachi halok bo‘ldi», — deya viloyat gubernatori Bismillo Afg‘onmolning so‘zlarini keltirgan Times of India.

Top