00:48 / 21.05.2017
18405

O‘zbekiston va Turkmaniston elektr energiya oqimi hamda tranzit borasida kelishib olishdi

Foto: Getty Images

«O‘zbekenergo» kompaniyasi hamda Turkmaniston Energetika vazirligi shanba kuni elektr energiya tranziti va oqimi sohasidagi hamkorlikka doir memorandumni imzolashdi. Bu haqida "Gazeta.uz" xabar berdi.

Ikki mamlakat prezidentlari muzokaralari yakunlari bo‘yicha tuzilgan hujjat shanba kuni O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov hamda Turkmaniston enegretika vaziri Chorimurod Purchekov tomonidan imzolandi. 

Manbaga ko‘ra, mazkur memorandum O‘zbekiston energotizimi orqali Turkmanistondan Qozog‘iston va Qirg‘izistonga elektr energiyasi tranziti bo‘yicha hamkorlik rivojini ko‘zda tutadi. 

Shuningdek memorandum «Turkmanenergo»ning «O‘zbekenergo» oldidagi qarzini uzish hisobiga elektr energiyasini yetkazish masalalarini ham o‘z ichiga oladi.

Top