19:07 / 22.05.2017
14427

APLda mavsumning eng chiroyli goli aniqlandi

«Liverpul» yarim himoyachisi Emre Jan may oyida «Uotford» darvozasiga urgan gol 12 nomzod orasida birinchi bo‘ldi. Avvaliga har oyning eng yaxshi goli mualliflari orasida saralash o‘tkazilgan, finalda 3 futbolchi qolgan.

Finaldagi 3 futbolchidan biri Janning goli muxlislarga «Vest Hem» hujumchisi Endi Kerrollning «Kristal Pelas»ga urgan goli hamda «Arsenal» hujumchisi Olive Jiruning xuddi shu «Kristal Pelas» darvozasiga yo‘llagan golidan ko‘ra ko‘proq yoqqan.

Jiruning «qisqichbaqa» usulidagi zarbasi.

Kerroll ham undan qolishmagan.

23 yoshli Jan «Liverpul» safida 2014 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.

2016/17 yilgi mavsumda u APLning 32 uchrashuvida maydonga tushib, 5 gol urgan va ikki golga hammualliflik qilgan.

Mavzuga oid
Top