09:42 / 22.05.2017
9744

KXDR yetakchisi armiyani "Pukkikson-2" raketalari bilan tezroq jihozlash topshirig‘ini berdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 21 may kuni o‘tkazilgan "Pukkikson-2" raketasi sinovini eng yuqori bahoga munosib ko‘rib, "100 ball"ga baholagan. Shu bilan birga, u mamlakat qurolli kuchlarini mumkin qadar tezroq ushbu qurollar bilan ta'minlash buyrug‘ini bergan. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar qilmoqda

"Jangovar navbatdan avvalgi so‘nggi sinov" deb nomlangan jarayonni KXDR yetakchisi Kim Chen In shaxsan kuzatib turgan. 

"Keng qamrovli ommaviy ishlab chiqarishni va armiyani tezroq jihozlashni boshlash kerak", — degan Kim Chen In.

22 may, dushanba kuni KXDR "Pukkikson-2" raketasining sinovi muvaffaqiyatli o‘tgani haqida bayonot berdi. U dastlab fevral oyida sinalgan bo‘lib, suvosti kemalari ballistik raketalarining quruqlikdagi namunasi hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top