00:13 / 22.05.2017
12251

La-Liga. YeChL va YeL yo‘llanmalarini qo‘lga kiritgan jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi

Ispaniya La-ligasining 38-turidan o‘rin olgan sakkizta uchrashuv nihoyasiga yetdi va unga ko‘ra, kelgusi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etadigan jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

«Valensiya» mehmoni bo‘lgan «Vilyarreal» ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va chempionatda beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Yevropa ligasida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdi. Shuningdek «Selta» uyida durang o‘ynagan «Real Sosedad» ham bu imkoniyatni qo‘lga kiritdi. Jamoa chempionatni 6-o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi. «Atletiko»da mag‘lubiyatga uchragan «Atletik» Bilbao so‘nggi turgacha yevrokuboklar uchun da'vogarlik qilgan bo‘lsada, oxir-oqibatda bu yo‘llanmadan quruq qoldi.

Shuningdek, bu turda «Sevilya» ham yirik hisobda g‘alaba qozondi. Biroq bu jamoaning 4-o‘rinda qolishiga ko‘maklashdi xolos. «Atletiko» esa 3-o‘rin bilan kelgusi mavsumni ham YeChL guruh bosqichidan boshlaydigan bo‘ldi.

Ispaniya La-ligasi, 38-tur

Atletiko – Atletik 3:1 (2:0)
Gollar: Torres (8, 11), Korrea (89) – Inyaki Uilyams (71).
Atletiko: Oblak, Saul, Lyuka Ernandes, Savich, Tiagu (Korrea, 88), Koke, Gabi, Ferreyra Karrasko (Gaytan, 70), Grizmann, Parti, Torres (Gameyro, 64).
Atletik: Arrisabalaga, Balensiaga, Laport, Yyeray Alvares, De Markos, Raul Garsiya (Susayeta, 57), San Xose, Benyat (Mikel Riko, 74), Iturraspe (Inyaki Uilyams, 46), Muniain, Aduris.
Ogohlantirishlar: Parti (38), Gabi (45).

Selta – Real Sosedad 2:2 (0:0)
Gollar: Aspas (54, penalti), Yulsager (90) – Oyarsabal (82), Xuanmi (90).
Selta: Alvares, Kabral, Kastro, Ronkalya, Fontas, Dias, Ernandes, Vass (Yulsager, 70), Sisto (Diop, 83), Gvidetti (Xosabed, 46), Aspas.
Real Sosedad: Ruli, Martines, Elustondo, Berchiche, Odriosola, Surutusa, Ilyarramendi, Vela (Kanales, 55), Priyeto, Oyarsabal (Bautista, 88), Villian Joze (Xuanmi, 65).
Ogohlantirishlar: Kabral (28), Ronkalya (42), Ilyarramendi (74).

Valensiya – Vilyarreal 1:3 (0:1)
Gollar: Nani (54) – Soldado (1), Trigeros (58), Sansone (88) .
Valensiya: Domenek, Mangalya, Aderlan Santos, Gayya, Joau Kanselu, Nani (Baqqoliy, 85), Soler, Rodrigo (Santi Mina, 80), Parexo, Montoyya (Munir, 70), Zaza.
Vilyarreal: Fernandes, Bonera, Kosta, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Dos Santos, Trigeros, Soriano, Soriano (Sansone, 74), Bakambu (Rodri Ernandes, 87), Soldado (Adrian, 68).
Ogohlantirishlar: Kosta (4), Zaza (34), Bakambu (67), Parexo (71).

Sevilya – Osasuna 5:0 (3:0)
Gollar: Vitolo (10, 80), Vaskes (20), Yovetich (35), Vaskes (60).
Sevilya: Soriya, Mariano, Kranevitter, Langle, Eskudero, Nzonzi, Kron-Deli (Sarabiya, 83), Korrea, Vaskes (Ganso, 61), Vitolo, Yovetich (Ben-Yyedder, 64).
Osasuna: Sirigu, Berenger, Sanxurxo, Vuyadinovich, Mondragon, Klerk (Barxa, 74), Torres (Olavide, 67), Loe, Chaushich, Riyera, Kodro (Fuentes, 61).
Ogohlantirishlar: Yovetich (29), Sanxurxo (56), Nzonzi (62), Kranevitter (67).

Granada – Espanol 1:2 (1:2)
Gollar: Pereyra (22) – Baptistao (3), Ruben Vezu (8, avtogol).

Sporting Xixon – Betis 2:2 (1:1)
Gollar: Duglas Pereyra (7), Karmona (79) – Ruben Kastro (22, 59).

Deportivo – Las-Palmas 3:0 (3:0)
Gollar: Andone (4), Andone (28), Xil (39).
Chetlatish: Santana (79, Las-Palmas).

Leganes – Alaves 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: Timor (89) – Krstichich (64).

Mavzuga oid
Top