02:10 / 22.05.2017
4486

«Latsio» o‘z uyida «Inter»ga imkoniyatni boy berdi

Italiya A seriyasining 37-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida «Latsio» «Inter»ni qabul qildi.

Hech narsani hal qilmaydigan uchrashuvda «Latsio» milanliklarga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning 18-daqiqasida Balde Keytaing golidan so‘ng mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishgandi. Biroq qolgan daqiqalarda uchta to‘p o‘tkazib yuborgan Simone Inzagi shogirdlari Rimdagi so‘nggi uchrashuvni boy berishdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Inter» hisobidagi ochkolar soni 59taga yetdi, ammo bu jamoa uchun yevrokuboklarda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etmadi. «Latsio» esa 70 ochko bilan 4-o‘rinda qolmoqda.

Italiya A seriyasi, 37-tur

Latsio – Inter 1:3 (1:2)
Gollar: Keyta (18, penalti) – Andreolli (31), Xudt (37, avtogol), Eder (74).
Latsio: Vargich, Uolles, de Vrey (Basta, 59), Xudt, Felipe Anderson (Krekko, 78), Luis Alberto (Lombardi, 67), Lulich, Bigliya, Milinkovich-Savich, Keyta, Immobile.
Inter: Handanovich, Murilo (Santon, 23), Nagatomo, D`Ambrozio, Andreolli, Brozovich, Galyardini, Kandreva, Medel (Banega, 86), Perishich, Eder (Pinamonti, 81).
Ogohlantirishlar: Murilo (17), Xudt (46), Eder (47), Keyta (61), Lulich (71), Lombardi (80).
Chetlatishlar: Keyta (66), Lulich (78, ikkalasi — Latsio).

Top