10:20 / 22.05.2017
12763

Foto: Nazarboyev sammit doirasida Tramp va Tillerson bilan uchrashdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoz shahrida «AQSh — Islom dunyosi» sammiti doirasida Donald Tramp hamda AQSh Davlat departamenti rahbari Reks Tillerson bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Qozog‘iston rahbari saytida ma'lum qilingan.

«Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, savdo-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Ikki prezident kun tartibidagi xalqaro masalalarda fikr almashishdi», — deyilgan xabarda.

Nursulton Nazarboyev va Reks Tillerson uchrashuvida esa ikki tomon munosabatlarining alohida jihatlari holati va istiqbollari to‘g‘risida gaplashilgan.

Nazarboyev Qozog‘iston va AQSh o‘zaro munosabatlari darajasi yangi bosqichga olib chiqilishiga umid bildirgan.

Mavzuga oid
Top