19:47 / 22.05.2017
8413

Nissan‘ning yangi modeli joriy yilda taqdim qilinishi mumkin

Foto: kolesa.ru

Nissan kompaniyasi o‘zining ilk to‘liq elektrik krossoveri nishonasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan prototip ustida ishlamoqda. 

Yapon brendining yangi kontsepti joriy yilda taqdim qilinadi, deb xabar bermoqda kompaniya vakillariga iqtibos keltirgan holda Automotive News. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, prototip 2017 yil yanvarda Detroytda namoyish qilingan 4 eshikli Vmotion 2.0 shou-kariga monand Vmotion 3.0 deb atalishi mumkin.

Vmotion 2.0 kontsepti marka sedanlari dizaynining rivojlanishini namoyish qilish uchun yaratilgan. Vmotion 3.0 krossover bo‘lishi va mos ravishda, Nissan’ning bo‘lg‘usi yo‘ltanlamaslari haqida tasavvur berishi mumkin. Bunda prototip to‘liq elektrlashgan bo‘ladi.

Bundan tashqari, yangi mashina avtonom boshqaruv tizimi bilan jihozlanishi mumkin. Bu mashina elektr qurilmasini saqlab qolgan holda Nissan’ning seriyali modeliga aylanishi mumkin. Biroq hozircha Vmotion 3.0’ning ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot yo‘q. Uning ilk namoyishi qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi ham noma'lum.

Bu orada 2017 yilda Nissan yana bitta yangi elektrokarini – keyingi avloddagi Leaf xetchbegini namoyish qiladi. Modelning ilk rasmiy tizeri o‘tgan haftada namoyish qilingan. 

Top