01:50 / 22.05.2017
27952

«Real» futbolchilari matbuot anjumani vaqtida Zidanga «hujum qilishdi»

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritganidan so‘ng ilk matbuot anjumaniga tashrif buyurganida futbolchilar u o‘tirgan joyga bostirib kirishdi.

«Real» futbolchilari Alvaro Morata, Marselo, Danilo, Karlos Kazemiro va Lukas Vaskes Zidan o‘tirgan o‘rindiqqa g‘alaba shampanlarini purkab u bilan birga g‘alabani nishonlab, zalni tark etishgan.

Eslatib o‘tamiz, «Real» 38-turda «Malaga»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ochkolari sonini 93taga yetkazgan va besh yillik tanaffusdan so‘ng chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Mavzuga oid
Top