17:24 / 22.05.2017
11543

Semizlikdan eng ko‘p aziyat chekuvchi kishilar qaysi davlatlarda yashashi ma'lum qilindi

Foto: Fotolia

“Semizlik” tashxisi qo‘yilgan eng ko‘p insonlar AQShda yashaydi – 15 yoshdan katta bo‘lgan amerikaliklarning 38,2 foizi ortiqcha vazndan aziyat chekadi, 2030 yilga kelib bu ko‘rsatkich 45 foizdan oshib ketishi mumkin. Bundan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tadqiqoti natijalari darak bermoqda.

“Semizlik” tashxisi ko‘p uchraydigan yana bir davlat Meksika bo‘lib, u yerda kasallik 32,4 foiz kishilarda aniqlangan, 2030 yilga kelib ularning miqdori 39 foizga yetishi mumkin.

Ro‘yxatning uchinchi o‘rnida – Yangi Zelandiya (30,7 foiz), deyiladi tadqiqotda.

Nosog‘lom vazn ko‘rsatkichlariga ega eng kam kishilar esa Yaponiyada istiqomat qilar ekan – 3,7 foiz.

Mavzuga oid
Top