19:17 / 22.05.2017
6853

Sog‘liqni saqlash vaziri Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi 70-sessiyasida qatnashmoqda

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 70-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Shu yilning 22 may kuni  JSSTning yuqori organi hisoblanuvchi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 70-sessiyasi ochildi. Unda 194 ta a'zo davlatlar qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashmoqda.  

Har yili JSSTga a'zo davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha rahbarlari Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining sessiyasida ishtirok etish uchun Jyenevaga tashrif buyuradi. Sessiya davomida ishtirokchilar JSST faoliyatini ko‘rib chiqib,  o‘z oldiga yangi maqsad va vazifalar qo‘yadi. Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining bu yilgi sessiyasida sog‘liqni saqlash sohasiga doir murakkab masalalar va ularning yechimiga doir chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.  

22 may kuni sessiyaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida, ya'ni 23 may kuni JSSTga a'zo davlatlar Tashkilotga yangi bosh direktor saylashi kutilmoqda. 

Mavzuga oid
Top