18:29 / 22.05.2017
7426

«Toshshahartransxizmat» texnik ishlar o‘tkazilishi haqida ogohlantirdi

Foto: Toshshahartransxizmat

Joriy yilning 22-23 may kunlari yo‘lovchi transportini monitoring qilish tizimida texnik ishlar o‘tkaziladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
 
Texnik ishlar tufayli avtobus bekatlarida o‘rnatilgan ma'lumot tablolari ishida ehtimoliy buzilishlar bo‘lishi, shuningdek, «TashBus» mobil ilovasi ishida ma'lum muammolar yuzaga kelishi mumkin. «Toshshahartransxizmat» AJ vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, poytaxt avtobuslari yo‘lovchilari uchun «TashBus» mobil ilovasi ishlab chiqilgan, undan Toshkent shahri aholisi va mehmonlarining 100 mingga yaqini foydalanmoqda. Shuningdek, shahar bo‘ylab 20 ta avtobus bekatida avtobuslar kelish vaqti, ob-havo ma'lumoti va valyutalar kursi ko‘rsatilgan elektron tablolar o‘rnatilgan. Bu tablolarni joriy qilish ishlari davom etmoqda.

Top