10:29 / 22.05.2017
8768

«Yuventus» kuchli beshlik jamoalari erisha olmagan noyob natija qayd etdi

Foto: goal.com

«Yuventus» Italiya A seriyasining 37-turida «Krotone»ni mag‘ulubiyatga (3:0) uchratib ketma-ket oltinchi marta mamlakat chempioni bo‘ldi.

Shuningdek turinliklar ketma-ket uchinchi mavsumda Italiyada oltin dubl (chempionat va Kubokda g‘alaba) qayd etdi.

Mister Chip statistik markazining tvitterida yozlishicha, hozirgacha Yevropaning top chempionatlarida biror-bir jamoa ketma-ket uch mavsumda ham mamlakat chempioni, ham kubok sohibi bo‘lishning uddasidan chiqa olmagandi.

Top