18:35 / 22.05.2017
3404

O‘zbekiston TIVda Yevroparlament deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Yevropa parlamenti deputatlari Yuliy Vinklar (Ruminiya vakili) va Ismail Ertugni (Germaniya vakili) qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Yevroparlament o‘rtasidagi muloqotning, xususan parlamentlar darajasidagi aloqalarning ijobiy dinamikasi qayd etildi.

Yeproparlament deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi a'zolari bilan bugun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan davra suhbatidagi ishtiroklari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda qabul qilingan 2017—2021 yillarda rivojlanishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta'minlash, huquqni qo‘llash amaliyoti, ijro hokimiyati organlari va qonunlarni tadbiq etilish ustidan deputatlar nazoratini mustahkamlash sohalarida Yevropa tajribasini o‘rganishdan O‘zbekiston manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.

Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim muammolari yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid
Top