23:20 / 22.05.2017
8303

O‘zbekiston va Qozog‘iston soliq tizimidagi ba'zi kelishuvlarga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasidagi Daromadlar va mulklarga ikki tomonlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi kelishuvga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bayonnomani tasdiqladi.

Kelishuv 1996 yil 12 iyunda imzolangandi. Kelishuvga bayonnoma 2017 yil 23 mart kuni Ostonada imzolangan.

Bayonnoma 16 ta moddadan iborat. Hujjat bilan kelishuvda qo‘llanuvchi ba'zi terminlar ma'nosiga o‘zgartirish kiritilgan.

Shu bilan birga doimiy muassasalar faoliyatini va kelishuv doirasida ularga soliq solishning tartibini tartibga soluvchi moddalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bundan tashqari, davlatlarning vakolatli idoralari bilan axborot almashinuvi va soliqlarni undirish bo‘yicha o‘zaro harakatlar mexanizmlari batafsilroq bayon qilingan.

Mavzuga oid
Top