15:06 / 23.05.2017
8576

21 may kuni Toshkentda 3 ta YTH yuz berdi, 29 nafar mast haydovchi aniqlandi

Foto: "Kun"

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 2017 yil 21 may kuni qayd etilgan yo‘l-transport hodisalari va aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan ma'lumot berdi.  

2017 yilning 21 may kuni Toshkent shahri hududida 3 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 3 nafar shaxs tan jarohati olgan. 

Shuningdek, 21 may kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2995 ta qoidabuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 908 tasini qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar, 29 tasi mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklarini tashkil etadi. 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 21 may kuni jami 1695 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 916 tasini svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan harakatlangan, 779 tasi belgilangan tezlikni me'yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarliklarini tashkil etadi.

Top