14:32 / 23.05.2017
11048

Tsellyulit bilan samarali kurashish siri ochildi

Tsellyulit - ko‘plab ayollar va erkaklar muammosi. Biroq u bilan qanday kurashish mumkin va bu kurashda qanday vositalar ko‘proq samara beradi? "Ortodoks" tibbiy portali mutaxassislarning aynan shu mavzuga oid ma'lumoti bilan bo‘lishdi.

Eng avvalo, mutaxassislar jismoniy mashqlarning muhimligini ta'kidlashdi. Hech bo‘lmaganda kechki payt piyoda sayr qilish yoki velosipedda uchish kerak. Kosmetika vositalari haqida gap ketganda esa, shuni yodda tutish lozimki, ulardan kompleks holda foydalanish kerak. Masalan, agar siz tsellyulitga qarshi krem qo‘llayotgan bo‘lsangiz, terini muntazam ravishda namlantirib turish haqida ham unutmaslik lozim. 

Bu "dushman" bilan kurashishda limfodrenaj va massaj ham yordam beradi. Ta'kidlash joizki, massajni tizimli ravishda olib borish kerak, shunda tsellyulitga qarshi kurash samarasi kuchliroq va uzoqroq bo‘ladi. 

Top