09:23 / 23.05.2017
5311

Grizmann "MYu"ga o‘tishi mumkinligiga shama qildi

"Atletiko Madrid" hujumchisi Antuan Grizmann fransuz ko‘rsatuvlaridan birida o‘zining "Manchester Yunayted"ga o‘tishi ehtimoli haqida gapirdi. 

"Mening kelajagim haqida qaror yaqin haftalar ichida aniqlashadi, deb o‘ylayman. "Manchester Yunayted"mi? Bo‘lishi mumkin. Buni 10 ballik shkalada hisoblaydigan bo‘lsak 6 ball", – dedi Grizmann. 

Joriy mavsum Grizmann "Atletiko" safida 53ta o‘yinda maydonga tushib, 26ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

Top