21:31 / 23.05.2017
12889

«Liverpul» rekordini yangilamoqchi. Klubning yozgi transfer rejalari aniq

Angliyaning «Liverpul» klubi yozgi transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni xarid qilish uchun rekord miqdorda mablag‘ sarflashni mo‘ljallab turibdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra,  klubga egalik qiluvchi Fenway Sports Group yozgi transferlar uchun 100 million funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ ajratadi.

«Liverpul»ning yangi xaridlaridan biri bo‘lishi kutilayotgan «Sauthempton» himoyachisi Virgil van Deykning transferi 50 mln. funtga baholanmoqda. Agar bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, «Liverpul» o‘zining transfer rekordini (35 mln. funt) yangilagan bo‘ladi.

Bundan tashqari mersisaydliklar short-ro‘yxatidan Muhammad Saloh («Roma»), Aleks Oksleyd-Chemberlen («Arsenal»), Nabi Keyta («RB Leyptsig») va Kristian Pulishichlar («Borussiya» Dortmund) o‘rin olgan.

Mavzuga oid
Top