08:47 / 23.05.2017
23747

Manchesterdagi portlashga oid ilk videolar tarqaldi

Manchester shahrida 22 may kuni xonanda Ariana Grandening konserti bo‘lib o‘tayotgan arenada portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘lgan, jabrlanganlar soni 59 kishi. 

Portlash konsert tugashi bilan yuz bergan. Manchester Arena’da olingan ko‘plab videoyozuvlarda odamlar vahimada zalni tark etishga urinayotgani aks etgan.

Stadion yaqinidagi avtoturargohdagi avtomobilda bo‘lgan kamera portlash ro‘y bergan vaqtni muhrlagan. Unda stadionda qo‘shiq yangrayotgan vaqtda kuchli ovoz eshitilishini ko‘rish mumkin.

Politsiya hodisani terakt deb atadi. 

Mavzuga oid
Top