17:26 / 23.05.2017
8481

Meksikalik qiz shippak va yubka kiygan holda 50 kilometrlik marafon g‘olibi bo‘ldi

Meksikada taraumara qabilasiga mansub bo‘lgan 22 yoshli Mariya Lorena oddiy rezina shippak hamda yubka kiygan holda ultramarafonda qatnashib g‘olib bo‘ldi.

U hech qanday professional ekipirovkalarsiz chopgan, u marafonga alohida tayyorgarlik ham ko‘rmagandi. Ramires 50 kilometrlik masofani 7 soatu 3 daqiqada bosib o‘tgan va g‘olib chiqib, 6 ming dollar miqdorida yutuqqa ega bo‘lgan.

Taraumara hindulari vakillari dunyodagi chidamli kishilar hisoblanishadi. Ular katta dashtlarda istiqomat qilishadi va savdo qilinadigan shaharlarga borib kelish uchun ko‘p masofani chopib o‘tishi kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top