07:57 / 23.05.2017
5099

Motopoygalar bo‘yicha sobiq jahon chempioni avtohalokatdan keyin vafot etdi

Foto: AP Photo / Manu Fernandez

Amerikalik motopoygachi Niki Xeyden avtohalokatdan keyin 22 may kuni 36 yoshida shifoxonada vafot etdi, deb xabar bermoqda "R-Sport" axborot agentligi. 

Yo‘l-transport hodisasi 17 may kuni yuz bergan. Sportchi o‘zining do‘stlari bilan Italiyaning Rimini shahri yaqinida velosiped uchib yurganda avtomobil tomondan urib ketilgan. Buning oqibatida Xeydenda miya shishi tashxisi qo‘yilgan, u 5 kun davomida intensiv davolanish bo‘limida og‘ir ahvolda qolgan.

Sportchi 2006 yil MotoGP sinfidagi shosse-halqa motopoygalari bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan. Joriy mavsumda u Superbike sinfidagi motopoygalarda ishtirok etayotgandi.

Mavzuga oid
Top