08:38 / 23.05.2017
8951

Samarqandda amakisini pichoqlab o‘ldirgan shaxs ushlandi

Samarqand shahri Farhod qo‘rg‘onida yashovchi ikki qarindosh birgalikda spirtli ichimlik ichishib, o‘zaro janjallashib qolishadi. Oqibatda janjal shu darajaga yetadiki, 1985 yilda tug‘ilgan, hech qayerda ishlamaydigan, A.B amakisi bo‘lgan 1973 yilda tug‘ilgan R.B ning ko‘krak va qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazadi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.  

Natijada R.B ga kasalxonada tibbiy muolajalar ko‘rsatilishiga qaramay shu yerda vafot etadi. Mushtumzo‘r A.B esa ko‘p o‘tmay ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Top