20:06 / 23.05.2017
6230

O‘zbekistonga Turkmaniston aloqa vazirligi delegatsiyasi keldi

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov 22 may kuni Turkmaniston aloqa vaziri o‘rinbosari Ashir Garayev boshchiligidagi delegatsiyani kutib oldi.   

Tomonlarning ta'kidlashicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov o‘rtasidagi muzokaralar barcha yo‘nalishlar, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yangi sahifani ochib berdi. Bu haqda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatida ta'kidlab o‘tildi.    

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Turkmaniston vakillari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlarini muhokama qilishdi. Tomonlar telekommunikatsiya sohasida hamda kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqishdi.  

Top