19:30 / 23.05.2017
28039

Video: Futbol tarixidagi eng ajabtovur va chiroyli avtogollardan biri kiritildi

Angliya yoshlar (U-20) terma jamoasi himoyachisi Fikayo Tomori futbol tarixidagi eng chiroyli avtogollardan biriga mualliflik qildi.

Gap shundaki, «Chelsi» yoshlar jamoasi vakili Janubiy Koreya mezbonlik qilayotgan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining Gvineyaga qarshi uchrashuvida shunday voqea muallifi bo‘lib qoldi. Tomori uchrashuvning 59-daqiqasida maydon markazidan turib kutilmaganda o‘z darvozaboniga to‘pni qaytarib berishga qaror qildi. Tomori zarbasi kuchli chiqdi, shuningdek, «MYu» darvozaboni sanalgan Din Henderson ham vaziyatni kutmagani bois ancha oldinga chiqib ketgandi. Natijada Angliya ajabtovur gol o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Qiziq tomoni, JCh-2017 (U-20) doirasidagi Angliya va Gvineya uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi.

Mavzuga oid
Top