16:00 / 24.05.2017
5539

Aktyor Kolin Fert Italiya fuqaroligini olish uchun ariza topshirdi

Foto: Getty Images

Britaniyalik aktyor Kolin Fert mamlakatning Yevroittifoqdan chiqishi tufayli Italiya fuqaroligini olish uchun ariza topshirdi. Daily Express shu haqida ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, 56 yoshli aktyor Brexit asoratlaridan xavotirda.

"Kolin turmush o‘rtog‘i hamda farzandlari bilan birdek hujjatga ega bo‘lish uchun ikki mamlakat (Britaniya va Italiya) fuqarosi bo‘lishga ariza topshirdi", - deya ma'lum qildi aktyorning vakili. 

Fert mana 20 yildirki, italiyalik prodyuser va rejissyor Liviya Judjolliga uylangan. Juftlikning ikki farzandi bor.

Kolin Fert "G‘urur va andisha", "Brijit Jons kundaligi", "Mening yovuz enagam", "Dorian Grey" va "Kingsman: Maxfiy xizmat" kabi filmlarda suratga tushgan. 

Top