21:31 / 24.05.2017
6042

Forbes Top-2000 ommaviy kompaniyalar ro‘yxatini taqdim etdi

Forbes jurnali Global 2000 dunyoning eng yirik ommaviy kompaniyalarining yangilangan ro‘yxatini taqdim etdi. Ro‘yxatning boshida Xitoy va AQSh xoldinglari joylashgan.

Mazkur ro‘yxatga 58 mamlakat firmalari kiritilgan, ularning umumiy daromadi - 35,3 trillion dollar, foydasi - 2,5 trillion dollarni tashkil qiladi. Ro‘yxatdan o‘rin olgan kompaniyalarning umumiy bozor qiymati 48,8 trillion dollardan iborat. Reyting ishtirokchilari aktivlari jami 169,1 trillion dollarga baholanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilgiga nisbatan yuqori, bozor kapitalizatsiyasi 10 foizga o‘sgan, deya ta'kidlanadi Forbes'da.

Reytingni tuzishda daromad, foyda, aktivlar va bozor qiymati ko‘rsatkichlari inobatga olindi. 

Birinchi o‘rin Xitoyning Sanoat va tijorat banki  (ICBC)ga nasib etdi. Undan keyingi, ikkinchi o‘rinni Xitoyning Qurilish banki egalladi. Uchinchi pog‘onada AQShning Berkshire Hathaway kompaniyasi qayd etildi. 

Keyingi o‘rinlarda JPMorgan Chase (AQSh), Wells Fargo (AQSh), Xitoyning Qishloq xo‘jalik banki, Bank of America, Bank of China, Apple va Toyota Motor (ikkalasi 9-o‘rinda) nomlari keltirilgan. 

AQSh va Xitoyning YaIM o‘sishi sekinlashishiga qaramay, bu ikki mamlakat kompaniyalari ro‘yxatdagi o‘rinlarning 40 foizini egallagan.

Mavzuga oid
Top