12:43 / 24.05.2017
6860

Hyundai kompaniyasi yangi Kona krossoverini taqdim etmoqda

Koreyaning avtomobil brendi yoz faslida yangi, ixcham Kona krossoverini taqdim etishi ma'lum bo‘ldi. 

Hyundai kompaniyasi o‘zi ishlab chiqargan yangi krossover suratga tushirilgan rolikni ham namoyish etdi. Avtomobilga bunday nom AQShning Havai orollarilaridan to‘rt bo‘lgadan birining sharafiga qo‘yilgan, deb xabar beradi Koreya brendining matbuot xizmati. Yangi mashinaning premerasi yaqin oylar ichida bo‘lib o‘tadi.

Hyundai Kona’ning asosiy raqobatchilari Mazda CX-3 va Nissan Juke bo‘ladi. Brendning modellar qatorida yangi avtomobil Tucson’dan bir pog‘ona pastga joylashadi. Janubiy Koreya kompaniyasi vakillarining qayd etishlaricha, Kona global model bo‘lib, brend tavsiya etilgan ko‘plab bozorlarda sotila boshlaydi.

Yangi avtomobil yorug‘lik diodli optika va radiatorning keng panjarasiga ega bo‘ladi. Shuningdek, mashina kuzovning qo‘shimcha himoyasi va keng g‘ildirak arkalari bilan ta'minlanadi. 

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, koreyaliklar i20 hetchbeki bazasida SUV ishlab chiqmoqda, faqat u i30 motorlari bilan jihozlanadi. Motorlar silsilasiga benzinli turbolashtirilgan 1,0 litr hajmga ega bo‘lgan dvigatellar ham kiradi. Shuningdek, 1,4 litrli atmosferali agregatlar paydo bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Hyundai’ning SUV qatorida 1,6 litrli turbodizel ham bo‘lishi xabar qilinmoqda.

Mavzuga oid
Top