20:20 / 24.05.2017
8913

Ishtirokchilar «Barkamol avlod-2017» sport o‘yinlarida qatnashish uchun Jizzaxga yetib borishdi

Joriy yilning 24-27 may kunlari Jizzax viloyatida «Barkamol avlod-2017» sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 24 may kuni Jizzax temir yo‘l vokzalida sport musobaqalarining respublika bosqichida ishtirok etish uchun kelgan ishtirokchilar tantanali ravishda kutib olindi.

Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi Shaxzodbek Siddiqov bolaligidan sportning boks turi bilan shug‘ullanib keladi. Bu yil u o‘zining uzoq yillik orzulariga erishdi. Shaxzodbek ham «Barkamol avlod» sport o‘yinlarining respublika bosqichida ishtirok etmoqda. Maqsadi faqatgina g‘alaba qozonish emas, ko‘proq do‘stlar ortirish, tajriba almashish va shu kabi yirik musobaqalarga o‘zini tayyorlab borish hamdir.

Yoshlik, shijoat va navqironlik ufurib turgan Jizzax shahri 3 kun mobaynida Shaxzodbek kabi shijoatli yoshlarning katta sport bayramiga mezbonlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning ilk kuni mundarijasida sportchilarning ma'daniy hordiq chiqarishlari uchun konsert dasturi, shahar bo‘ylab sayohat va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘rin olgan.


O‘zbekiston Milliy universitetining
onlayn jamoasi 

Mavzuga oid
Top