22:53 / 24.05.2017
37415

Qozog‘istonda qizaloq asfaltga yopishib qoldi

Qozog‘istonning Olma-Ota viloyati Usharal shahrida qizaloq oyoqlari bilan asfalt yo‘lga yopishib qoldi. Voqeaning videotasviri 24 may kuni Instagram ijtimoiy tarmog‘ining taldykorganec_ins guruhida chop etildi.

Video yo‘ldan harakatlanayotgan bir mashina ichidan olingan. Undan ko‘rinishicha, qiz hali qotib ulgurmagan yangi asfalt yo‘ldan o‘tayotganda unga yopishib qolgan. Qizchani asfaltdan ko‘chadan o‘tib ketayotgan avtomobillardan birining haydovchisi chiqarib olgan.

 

A post shared by TALDYKORGANeTs (@taldykorganec_insta) on

 

Top