08:16 / 24.05.2017
4100

Manchesterdagi teraktdan keyin bir qator davlatlarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Foto: Reuters

Manchester shahridagi "Manchester Arena" majmuasida sodir etilgan teraktdan keyin Buyuk Britaniya bilan bir qatorda boshqa davlatlarda ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Jumladan, Avstraliya bosh vaziri aholini shaharlarda to‘siqlar o‘rnatilishi va ommaviy tadbirlarga politsiyaning qo‘shimcha kuchlari jalb qilinishidan ogohlantirdi. Nyu-Yorkda diqqatga sazovor joylar, ko‘priklar, tunnellar va aeroportlar qo‘riqlanishi kuchaytirildi. 

Germaniyada ichki ishlar vaziri o‘tkazilajak tadbirlarda xavfsizlik choralarini qayta tekshirib chiqishga va'da berdi. Germaniyada yaqin kunlarda Yevangeliya cherkovi qurultoyi va futbol bo‘yicha mamlakat kubogi finali o‘tkaziladi. Shuningdek, mamlakatda yozda bir qator yirik musiqiy festivallar bo‘lib o‘tadi.  

Mavzuga oid
Top