18:13 / 24.05.2017
4256

Nepal bosh vaziri iste'foga chiqdi

Foto: AP

Nepal bosh vaziri Pushpa Kamal Daxal chorshanba kuni o‘z iste'fosi haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kathmandu Post nashri. 

“Nepal kommunistik partiyasi (maochilar markazi)” yetakchisi Daxal hukumat tepasiga o‘tgan yilning 4 avgust kuni ikkinchi bor kelgandi. Bu maochilarning “Nepal kommunistik partiyasi” bilan koalitsiyadan chiqqanidan so‘ng yuz berdi, shundan keyin Kxagda Prasad Oli hukumati iste'foga chiqdi. Maochilarning koalitsiyadan chiqishiga koalitsion kelishuvning bajarilmagani, xukumatning 2015 yilgi kuchli zilziladan so‘ng mamlakatni tiklash bo‘yicha sa'y-harakatlari samarasizligi va ijtimoiy siyosatdagi omadsizliklar sabab bo‘ldi.

Maochilar asosiy muxolifat partiya Nepal kongressisi bilan birlashdi va parlamentning qator kichik partiyalari qo‘llab-quvvatlovi bilan yangi hukumatni tashkil etishdi. Shu bilan birga, Nepal kongressi yetakchilari va maochilar siyosiy kelishuvga erishishdi, unga ko‘ra, bosh vazir lavozimiga avval Daxal, to‘qqiz oydan so‘ng esa – Kongress vakili tayinlanadi. Nashr Daxalning iste'fosini aynan shu kelishuvga bog‘ladi – uning lavozimiga kirishganiga to‘qqiz oydan ko‘proq vaqt o‘tdi. Kongress yetakchisi Sher Bahodir Deuba yangi bosh vazir bo‘lishi ehtimolga yaqin.

Daxalning millatga yo‘llagan telemurojaatda ma'lum qilishicha, shu tariqa “Nepal siyosatidagi uzoq “ishonch qurg‘oqchiligiga” yakun keladi”, deb yozadi nashr.

Mavzuga oid
Top