08:23 / 24.05.2017
3250

Oq uy: Terrorizmga qarshi koalitsiya tashkil etish barcha dinlar vazifasidir

Foto: RIA

Terrorizmga qarshi koalitsiya tashkil etish barcha din vakillari uchun umumiy vazifadir. Bu haqda Oq uyning AQSh prezidenti Donald Trampga uning ilk xorijiy safarida hamrohlik qilayotgan yuqori lavozimli vakili jurnalistlarga shunday dedi. 

"Biz bu safarda musulmon musulmon, nasroniy, yahudiy va nasroniy-katolik e'tiqodini birlashtirish zarur deb hisobladik", — degan Oq uy vakili Tel-Avivdan Rimga uchayotgan samolyot bortida o‘tkazilgan brifingda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy "radikal terrorizm davrimizning eng katta muammolaridan biri ekanini namoyish etmoqda, barchani birlashtirish bilan koalitsiya tashkil etish va bu faqat musulmonlar, yahudiylar va nasroniylar muammosi emas, chin ma'noda butun dunyo muammosi ekanini ko‘rsatish niyatida".

Tramp o‘zining ilk xorijiy safarida Saudiya Arabistoni va Isroilga tashrif buyurdi. Endi u Rim, Vatikan va Bryusselga tashrif buyuradi. 

Top