19:57 / 24.05.2017
25355

Olmaliqda ikki bola cho‘kib ketdi

22 may kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahri ichidan oqib o‘tuvchi kanalda ikki bola cho‘kib ketgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Toshkent viloyati IIB tomonidan tasdiqlanishicha, bolalarning birining jasadini shu kunning o‘zida suvdan chiqarib olishgan, ikkinchi bolaning jasadi keyingi kunda Pskent hududidan topilgan.

Bolalarning ikkisi ham 10 yoshli bo‘lgan. 

Hodisaning boshqa tafsilotlari ma'lum emas.

Ota-onalar yoz arafasida ehtiyotkorlikka chaqiriladi.

 

Top