12:45 / 24.05.2017
35735

«O‘zbeknavo» o‘rnida tashkil etilgan davlat muassasasiga rahbar tayinlandi

«O‘zbeknavo» estrada birlashmasi va «O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi negizida tashkil etilgan «O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga rahbar tayinlandi.

«O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017 yil 19 maydagi 236-son «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi direktori Haydarov Azamat Haydarovich «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtinchalik bajarish yuklatildi. 

Haydarov Azamat Haydarovichning kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz», deyilgan «O‘zbeknavo» matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid
Top