18:40 / 25.05.2017
3550

Afg‘onistonda maxsus xizmatlar shtabi yonida portlash yuz berdi, qurbonlar bor

Afg‘oniston janubidagi Hilmond viloyati, Foto: Twitter/@AttaullahWazir5

Afg‘oniston janubidagi Hilmond viloyatida yuz bergan portlash natijasida olti kishi halok bo‘ldi va yana ikki nafari jarohat oldi. Hodisa mamlakat milliy xavfsizlik direktorati ofisi joylashgan binoga yaqin joyda yuz bergan, deb xabar qilmoqda Tolo News telekanali.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa Vashir tumanida seshanba kuni yuz bergan. Voqea tafsilotlari noma'lum.

Afg‘onistondagi vaziyat murakkablashishda davom etmoqda. Avval mamlakat qishloq tumanlarida yirik hududlarni egallab olgan toliblar yirik shaharlarga hujum boshladi. Shuningdek, mamlakat hududida IShID terrorchilik guruhi ta'siri ham oshgan.

Top