11:40 / 25.05.2017
7024

Amerikaliklar kemasi Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli arxipelag yaqiniga keldi

Foto: Reuters

AQSh Harbiy-dengiz floti kemasi Xitoyning Janubiy Xitoy dengizining janubi-g‘arbiy qismidagi Spartli arxipelagida joylashgan Mischif (Meydzi) marjon qoyalariga 12 dengiz milidan ko‘proq masofada yaqin keldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu Donald Tramp AQSh prezidenti bo‘lganidan buyon amerikaliklar kemasining hududga ilk bor kirishidir. Harbiy kema Vashingtonning mazkur mojaroli hududda nisbatan pozitsiyasini ko‘rsatish uchun AQSh prezidenti buyrug‘i bilan orolga yaqinlashgani aytilmoqda.

Mazkur marjon qoyalar XXR, Tayvan, Filippin va Vetnam o‘rtasidagi bahsli hudud hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top