16:00 / 25.05.2017
15297

Hassali chempionlar. Stokholm finalidan asosiy lahzalar

24 may kuni Stokholmdagi «Frends-Arene» stadionida «Manchester Yunayted» va «Ayaks» jamoalari o‘rtasida Yevropa Ligasi finali o‘tkazildi. Uchrashuv inglizlar jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Gollar mavsum avvalida «mankunianlar» safiga kelib qo‘shilgan Pol Pogba hamda Genrix Mxitaryan tomonidan urildi.

Mazkur g‘alaba «MYu» uchun Chempionlar ligasiga yo‘llanma berdi va Joze Mourino shogirdlari tanaffusdan so‘ng eng nufuzli klublar musobaqasiga qaytdi. Niderlandiya vitse-chempioni sifatida «Ayaks» bu vazifani oldinroq uddalab bo‘lgandi.

Mourino «Yunayted»dagi ilk mavsumidayoq 3ta sovringa ega chiqdi. Jamoa o‘tgan yil avgustida, mavsum arafasida «Lester»ni taslim qilib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan, keyinroq Angliya Liga kubogida «Sauthempton» ustidan zafar quchgandi.

«Tribuna» o‘z o‘quvchilariga Stokholm finalidagi asosiy lahzalar suratlarini taqdim etadi.

 

Top