12:53 / 25.05.2017
4218

XVJ Mo‘g‘ulistonga qariyb 500 mln dollar ajratdi

Foto: Getty Images

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Mo‘g‘ulistonda iqtisodiy islohotlarni rivojlantirish bo‘yicha qiymati 434,3 mln. dollar bo‘lgan uch yillik dasturni tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Jamg‘armada Mo‘g‘uliston iqtisodiyoti xomashyo tovarlariga narxlarning keskin tushib ketgani va mamlakat uchun muhim bo‘lgan eksport bozorlaridagi o‘sish sur'atlari pasaygani tufayli jiddiy zarar ko‘rgan, deb hisoblanmoqda.

O‘z navbatida, mamlakat hukumati iqtisodiyotni tiklash uchun dasturni amalga oshirmoqda. Shu tariqa, Mo‘g‘ulistonda islohotlarni moliyalashtirish uchun ajratilayotgan mablag‘larning umumiy hajmi 5,5 mlrd. dollarni tashkil etadi.

Mo‘g‘uliston iqtisodiyotiga Osiyo taraqqiyot banki ham moliyaviy ko‘mak ko‘rsatmoqda.

Top