13:22 / 25.05.2017
6175

London Vashingtonga Manchester terakti bo‘yicha ma'lumot berishni to‘xtatdimi?

Foto: AP

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning fikricha, Manchesterdagi terakt bo‘yicha razvedka ma'lumotlarini almashish haqidagi masala Buyuk Britaniya va AQSh o‘rtasidagi ish hamda u bu vaziyatga izoh berishni istamaydi.

"Razvedka ma'lumotlariga keladigan bo‘lsak, shuni aytmoqchimanki, Manchester teraktidagi masala – bu Buyuk Britaniya va AQSh munosabatlaridagi ikki tomonlama mavzu, men bunga izoh bermayman", - degan Stoltenberg jurnalistlarga London Vashingtonga terakt haqida ma'lumotlar berishni to‘xtatgani borasidagi xabarlar haqida o‘z fikrini bildirib.

U savollardan biriga javob berar ekan, shunday dedi: "Men aniq nima bo‘lganini bilmagan holda, masala haqida o‘z fikrimni bildira olmayman".
 

Top