01:43 / 25.05.2017
18369

«Manchester Yunayted» - Yevropa Ligasi g‘olibi

Yevropa Ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shvetsiya poytaxti Stokholmda bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi uchrashuvda «Ayaks» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ kelishdi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida Pol Pogba «Ayaks» himoyachisiga tegib kirgan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, 48-daqiqada Genrix Mxitaryan farqni ikkitaga yetkazdi. Bu uchrashuvdagi yakuniy natija bo‘lib qoldi.

Natijada «MYu» 9 yillik tanaffusdan so‘ng ilk marta yevrokuboklarda zafar quchdi. Yevropa Ligasida esa jamoa ilk marta bosh sovrinni o‘ziniki qilib oldi.

Yevropa ligasi, Final
Ayaks (Niderlandiya) – Manchester Yunayted (Angliya) 0:2 (0:1)
Gollar:
Pogba (18), Mxitaryan (48).
Ayaks: Onana, Sanches, Ridevald (de Yong, 82), Veltman, Ziyesh, de Ligt, Shene (van de Bek, 70), Klassen, Yunes, Traore, Dolberg (Neres, 62).
Manchester Yunayted: Romero, Valensiya, Smolling, Darmian, Blind, Pogba, Errera, Mata (Runi, 90), Fellayni, Mxitaryan (Lingard, 74), Reshford (Marsiyal, 84).
Ogohlantirishlar: Mxitaryan (31), Fellayni (52), Veltman (58), Yunes (64), Mata (78), Ridevald (78).

Top