21:17 / 25.05.2017
7222

Mourino hali yo‘lning yarmida

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino yana 15 yil davomida ishlamoqchi. BT Sport telekanali efirida u hali yo‘lning yarmida ekanini aytib o‘tdi.

«Faoliyatim omadli kechmoqda. Men Ispaniyada, Italiyada, Portugaliyada va Angliyadagi derbilarda qatnashdim. Barcha kuboklar finallarida qatnashdim va sovrinlar uchun kurashdim. Bu zo‘r hayotiy tajriba. Bugun ham faoliyatimni mamnuniyat bilan yakunlashim mumkin, ammo hali yo‘lning yarmidaman. Oldinda yana 15 yil bor.

«Manchester Yunayted» haqida gapirsam, men hali hech narsa qilmadim. Masalan, Basbi va Fergyuson – bu ikki afsona ko‘pgina sovrin yutgan. Ularning yutuqlariga qarar ekanman, men hali hech qanday yutuqqa erishmaganimni bilaman. Men «MYu»da olgan sovrinlar hali hech narsa emas, bu yetarli emas.

Ba'zida men ortga qarayman va tushunamanki, ko‘p ish bajarib qo‘ydim. Bu ko‘pchilik avval qilmagan ishlar. Hech qaysi menejyer Ispaniya, Italiya va Angliya chempionatlarida men ko‘rsatgan natijalarni ko‘rsata olmagan.

Biz «Anderlext»ni yutganimizda, menga aytishdiki, 10 martadan yevrokubok yarim finallarida ishtirok etgan ser Aleks va Jovanni Trapattonining natijalarini takrorlabman. Ammo ular allaqachon faoliyatlarini yakunlashgan. Menda esa hali yarimfinallarda o‘ynash uchun imkoniyat bo‘ladi. Menda faxrlanish uchun sabab ko‘p», — degan Mourino.

Top