22:52 / 25.05.2017
5745

OPeK Turkmaniston va Misrning neft olishni cheklash kelishuviga qo‘shilishiga umid qilmoqda

Foto: AP

Turkmaniston va Misr neftni qazib olishni cheklash kelishuvini uzaytirish borasida erishilgan kelishuvga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda OPeK yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot-anjumanda Saudiya Arabistoni vaziri Holid al-Falah ma'lum qildi. 

"Biz Misr va Turkmanistonning kelishuvimizga qo‘o‘shilishlarini kutmoqdamiz", deb aytgan Al-Falah.

Avvalroq Venada OPeKga kiruvchi va unga kirmaydigan, biroq neftni qazib olishni cheklash bitimida ishtirok etuvchi davlatlar vazirlari kelishuvni 2018 yil mart oyi oxirigacha uzaytirishgandi. Vazirlarning fikricha, bu qaror evaziga neftning bozordagi zaxiralari 2018 yil 1-choragigacha barqarorlashadi.

Mavzuga oid
Top